Uychi tumanini 2022- yildagi rivojlantirish drayverlari
“Uychi tumanini 2022 yilda ishsizlikdan holi hududga aylantirish dasturi” asosida 51 900 ta ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan edi.
Iqtisodiy kompleksda - 14,1 mingta ish o‘rni
Investisiya kompleksida - 7,2 mingta ish o‘rni
Qishloq xo‘jaligida - 29,4 mingta ish o‘rni
Qurilish kompleksida - 1,2 mingta ish o‘rni
Amalda 54 363 ta ish o‘rinlari yaratildi.
Iqtisodiy kompleksda 21 877 ta ish o‘rni, jumladan, savdo va servis yo‘nalishida 10 158 ta
Oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida 32,7 mlrd. so‘m kredit mablag‘i hisobiga 1700 ta
Hokim yordamchilari tomonidan o‘zini-o‘zi band qilish hisobiga 7514 ta
Kasb-hunarga o‘qitish hisobiga 1703 ta ish o‘rinlari yaratildi.
Bandligi ta’minlanmagan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan 142 nafar fuqaroga 417 mln.so‘m subsidiya ajratildi.
Investisiyalar, tashqi savdo va mahalliy sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida 87 ta loyiha amalga oshirilib, 3004 ta ish o‘rinlari yaratildi.
“Ideal Oil trade” MCHJ tomonidan tashkil etilgan yog‘-moy kombinatida 400 ta ish o‘rni yaratilib, loyihaning umumiy qiymati 8.540 mln.dollarni tashkil etadi.
Kombinat to‘liq ishga tushsa, yiliga 86 ming tonna texnik paxta chigiti, 62 ming tonna kungaboqar urug‘i, 72 ming tonna soya donini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi.
Investisiya dasturiga muvofiq “Barkas teks group” MCHJ tomonidan ip kalava mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi 63 mlrd. so‘m bo‘lib tashabbuskorning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi natijasida 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Korxona yiliga 15200 tonna paxta xom ashyosini qayta ishlash quvvatiga ega.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish, aholini doimiy mehnat bilan band qilish va tuman salohiyatini yuksaltirish maqsadida 5 ta - Ovchibuloq, Qumtepa, Yangiyer, Yuksalish, Yorkatay kichik sanoat zonalari tashkil etildi.
Yorkatay kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 115 mlrd. so‘mlik 26 ta loyiha amalga oshirilishi va 861 ta ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Amalda 42,3 mlrd. so‘mlik 12 ta loyiha ishga tushirilib, 320 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 1,2 km. elektr, 2 km ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari, 1 km ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari bajarildi.
Qishloq xo‘jaligida 28083 ta ish o‘rinlari yaratildi. Shundan paxta va g‘allachilik sohasida 17220 ta.
Takroriy ekin orqali o‘zini o‘zi band qilishda 580 ta.
Aholiga 10 sotixdan yer berish hisobiga 7316 ta.
Pillachilik sohasida o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha 2184 ta.
Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa xizmati ko‘rsatish bo‘yicha 783 ta ish o‘rinlari yaratildi.
Qurilish, transport va kommunal sohasida esa 1399 ta ish o‘rinlari yaratilib, shundan uy-joy qurilishida Pastguzar, Hurriyat, Navoiy MFYlarda “10 XMKK”, “Ra-Re-Xaus”, “A-Nev Stroy”, “Fayziobod qurilish servis”, “Shaydulloxon qurilish pardoz” MCHJlari tomonidan qurilgan ko‘p qavatli uy-joylarning qurilishida 449 ta ish o‘rinlari, sanoat korxonalari qurilishida Yorkatay, Ovchibuloq, Yangiyer, Yuksalish va Qumtepa kichik sanoat zonalarida 260 ta ish o‘rinlari, investisiya dasturi asosida “Bunyodkor Muboshir” MCHJ tomonidan 3-maktabda qiymati 9 mlrd. 460 mln. so‘mlik, “Fayziobod samo servis” MCHJ tomonidan 17-DMTTda 6 mlrd. 284 mln. so‘mlik, “Sifat kafolat standart servis” MCHJ tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida 13 mlrd. 400 mln. so‘m mablag‘ hisobiga 100 o‘rinli terapiya bino-inshootlari qurilishi, “Zilol suv” MCHJ tomonidan 4-sonli MTT qurilishida 453 ta ish o‘rinlari yaratildi.
“Obod qishloq” davlat dasturi asosida O‘nhayat MFYda 2,9 km. syement-beton yo‘l, 2,7 km. asfaltlash, Yangiyer MFYda 3,5 km. yo‘lda asfaltlash ishlari bajarildi. 11,8 km. ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, 67 ta ish o‘rni yaratildi.
Pastguzar, Soku MFYlarida 2,4 km. uzunlikda 3,4 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga “Salomatlik yo‘lakchasi” qurildi. “Obod qishloq” dasturi asosida 1,6 km. ichki irrigasiya tarmoqlari yangilanib, 156 ta ish o‘rni yaratildi.
Uychi tumanini rivojlantirishning 2023- yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar
Uychi tumanida 2023 yilda 1,1 trln. so‘mlik 104 ta investisiya loyihalari amalga oshirilib, 2141 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Xizmat ko‘rsatish hajmini 997,3 mlrd. so‘mga, tadbirkorlik sub’yektlari sonini 740 taga, band aholi sonini 2,3 mingga yetkazish ko‘zda tutilgan.
23 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga 135 km. yo‘l va 3 ta ko‘prikni ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Bog‘dorchilik klasteri tashkil etiladi.
Xalqaro avtomagistral yo‘l yoqasida xizmatlar sohasi rivojlantiriladi. Norin daryosi bo‘yida ekoturizm maskanlari tashkil qilinadi.
Beruniy, Mevazor MFYlarida zamonaviy 5 ta 5 qavatli (100 ta xonadondan iborat) uy-joylar quriladi.
3,5 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga 40,2 km. suv tarmoqlari, 1 ta suv taqsimlash inshooti quriladi va ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 97 foizga yetkaziladi. Aholi xonadonlarida 30 mingta issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etilib, 30 mingta ish o‘rni yaratiladi.