Uychi tumanida “Yoshlar daftari”ning yuritilishi va “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha HISOBOT SHAKLI
Uychi tumanida jami 0 - 30 yoshdagi 125 649 nafar, 18-30 yoshdagi 36 194 nafar yoshlar mavjud.
Tumandagi 56 ta mahallalarda 500 074 ta xonadon uyma-uy yurilib, 18-30 yoshdagi 36 194 nafar yoshlar xatlovdan o‘tkazildi (shundan, erkaklar – 18 939 nafar, xotin-qizlar-17 255 nafar).
Bugungi kunga qadar, 56 ta mahallalarda o‘rganish lozim bo‘lgan 36 194 nafar yoshlarning 35 353 nafari (97,6 foiz) bilan birma-bir muloqot qilinib, shundan, “Yoshlar daftari”ga 3 782 nafar (10,7 foiz) yoshlar kiritildi.
Ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida 3 278 nafar (86,7 foiz) yoshlar daftardan chiqarildi. Hozirda tuman bo‘yicha 504 nafar (15,3 foiz) yoshlar “Yoshlar daftari”da qolmoqda.
Jumladan, “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlarning
292 nafari (8,9 foiz) doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi;
225 nafariga (6.8 foiz) 3 mlrd. 400 mln so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi;
2 268 nafariga (69,2 foiz) “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida 340.2 gektar yer maydonlari ajratildi.
Bundan tashqari, joriy yilda jami 3 168 nafar bitiruvchilar ta’lim muassasalarini tamomlab, ularning 1 768 nafari o‘qishni davom ettirishi, 1 382 nafari esa birinchi marta mehnat bozoriga kirib kelishini inobatga olib, ularning bandligini ta’minlash rejalari ishlab chiqildi.
Jumladan, bitiruvchilarning
177 nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;
350 nafarini doimiy va jamoat ishlariga jalb etish:
260 nafarini tashabbuskor tadbirkor va hunarmandlarga biriktirish;
265 nafariga ijara asosida yer ajratish;
145 nafariga “Bandlikka ko‘maklashish” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalaridan subsidiya ajratish;
185 nafariga tadbirkorlik faoliyati uchun kredit ajratish rejalashtirilgan.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan maxsus jamg‘armada jami 1 mlrd. 378 mln. so‘m mablag‘ shakllantirilgan bo‘lib, uning 1 mlrd. 11 mln. so‘mi Respublika va mahalliy byudjeti mablag‘laridan, 367,3 mln. so‘mi undiruvlarga oid ijro hujjatlari bo‘yicha mablag‘lardan ajratma mablag‘larini tashkil etadi.
(Ma’lumot uchun: mahalliy byudjet daromadlarining prognoz ko‘rsatkichini oshirib bajarilgan qismi jami 834,5 mln. so‘mni tashkil etadi, shundan 6 foizi jamg‘armaga tushurilgan).
Bugungi kunga qadar jamg‘arma mablag‘lari hisobidan
431 nafar yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun 1 mlrd. 078 mln so‘m mablag‘ sarflandi.
Jumladan,
267 nafar yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari xarid qilish uchun 727,3 mln. so‘m;
4 nafar yoshlarning to‘lov-kontrakt summalarini to‘lab berish uchun 19,6 mln so‘m;
1 nafar yoshlarning davolanish xarajatlarini qoplab berish uchun 8,8 mln. so‘m;
40 nafar yoshlarning safarbarvarlik chaqiruvi rezervi uchun
140 mln. so‘m;
120 nafar yoshlarga haydovchilik guvohnomasi uchun 117.6 mln. so‘m ajratib berildi.
Tuman mahalliy byudjet daromadlarining 1 chorak prognoz ko‘rsatkichi 13 mlrd. 093,2 mln.so‘m, mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi 13 mlrd. 927,7 mln. so‘m, mahalliy byudjetdan orttirib bajarilishi esa 834,5 mln. so‘mni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarorida “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga har chorak uchun mahalliy byudjetda shakllangan qo‘shimcha manbalarning kamida 15 foizi ajratilishi belgilab qo‘yilgan. Biroq, tumanda I chorak uchun mahalliy byudjet daromadlarining prognoz ko‘rsatkichini oshirib bajarilgan qismining 15 foizi 125 mln. 181 ming so‘mni tashkil etsada, shundan “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga faqatgina 50 mln. so‘m yoki 39,9 foizi o‘tkazib berilgan holos.
Mazkur jarayonni mahallalar kesimida o‘rganish maqsadida tanlov asosida Dexqonobod MFYda yoshlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi.
Jumladan, “Dexqonobod” MFYda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar 694 nafarni tashkil etib, ularning 72 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.
Daftarga kiritilgan yoshlarga turli yo‘nalishlarda amaliy yordamlar ko‘rsatish orqali ularning 67 nafari (ya’ni 93 foizi) daftardan chiqarilgan.
Jumladan,
3 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan;
6 nafariga 103,4 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan;
53 nafariga “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida 7.9 gektar yer maydoni ajratilgan.
2 nafariga mehnat qurollari uchun subsidiya ajratilgan.
3 nafar iste’dodli yoshlar qo‘llab-quvvatlangan.
Bugungi kunda “Dexqonobod” MFYda “Yoshlar daftari”da mavjud bo‘lgan 3 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha prognoz parametrlari ishlab chiqilib mavjud bo‘lib, joriy yil yakuniga qadar ularning:
2 nafariga “Bandlikka ko‘maklashish” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan subsidiya ajratish rejalashtirilmoqda.
Keyingi o‘rganilgan “Qashqar” MFYda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar 442 nafarni tashkil etib, ularning 63 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.
Daftarga kiritilgan yoshlarga turli yo‘nalishlarda amaliy yordamlar ko‘rsatish orqali ularning 59 nafari (ya’ni 93,7 foizi) daftardan chiqarilgan.
Jumladan,
2 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan;
2 nafariga 37,6 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan;
51 nafariga “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida 7,6 gektar yer maydoni ajratilgan.
4 nafariga mehnat qurollari uchun subsidiya ajratilgan.
Bugungi kunda “Qashqar” MFYda “Yoshlar daftari”da mavjud bo‘lgan 1 nafar fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha prognoz parametrlari ishlab chiqilib mavjud bo‘lib, joriy yil yakuniga qadar ularning:
2 nafariga ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko‘rsatish orqali bandligini ta’minlash rejalashtirilmoqda.
1 nafariga “Bandlikka ko‘maklashish” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan subsidiya ajratish rejalashtirilmoqda.