O‘zbekiston Respubikasi Prezidentining 02.04.2021 yildagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5048-sonli qaroriga asosan tumandagi “O‘nxayat” va “Yangiyer” MFYlari tanlab olinib, manzilli ro‘yxatga asosan Dastur doirasida 2 ta mahallalarda qurilish ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun hozirgi kunda jami 11 mlrd. 200 mln. so‘m mablag‘ sarflandi.
Ichimlik suvi ta’minoti, ichki yo‘llar, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti obektlarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha
O‘nxayat MFYda 5.6 km yangi ichimlik tarmog‘i, 5.5 km ichki yo‘llarni ta’mirlash, 2.8 kmga elektr tarmog‘i tortish va 90 dona temir beton tayanchlar o‘rnatish rejalari 100 foizga bajarilgan.
Yangiyer MFYda 5.2 km yangi ichimlik suvi tarmog‘i, 3.5 km ichki yo‘llarni ta’mirlash, 1.6 km elektr tarmog‘i tortish va 1 dona TP va 60 dona temir beton o‘rnatish rejalari 100 foiga bajarilgan.
O‘nxayat MFYda - 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi investisiya dasturi asosida qurilish-ta’mirlash ishlari foydalanishga topshirildi.
yangi MFY binosini qurish ishlari olib borilmoqda;
- 4-MTTni mukammal ta’mirlash ishlari yakunlangan.
Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘nxayat MFYda 2 km, Yangiyer MFYda 3 km aloqa axborotlashtirish tarmoqlari, O‘nxayat ko‘chalariga 55 dona, Yangiyer ko‘chalariga 35 dona tungi yoritgichlar o‘rnatish rejasi 100 foizga bajarilgan.






