1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:▪️ jismoniy va yuridik shaxslarga egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan tegishli bo‘lgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib ko‘yishga oid qat'iy tartiblar;▪️jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining huquq egalariga kompensatsiya berish tartib-taomillari.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini olib qo‘yish masalalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun bilan tartibga solishga, nizoli vaziyatlarni oldini olish va ushbu sohadagi nizolarni samarali hal etishga xizmat kiladi.