🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5114-sonli qarori ijrosini ta’minlash, tasdiqlangan Paralimpiya sport turlarini ommalashtirish va yanada rivojlantirish, mutlaqo yangi tizimni yo‘lga qo‘yish maqsadida Uychi tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiylari tomonidan Fayziobod MFYda yashovchi Sobirjon Murodullayev, Xo'jaobod MFYda yashovchi Shodiya Turg'unboyeva, Navoiy MFYda yashovchi Azizbek Alimatov kabi yoshlar tanlab olindi. Ayni damda ular O‘zbekiston Respublikasi Paralimpiya qo‘mitasi sport bazasida mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Agar ular musobaqadan muvaffaqiyatli o'tsa, 2024 yilda Parijda bo'lib o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni boshlaydi.







